O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahridagi MDH norasmiy sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 5-7-oktabr kunlari Rossiyaga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atini saqlab qolish hamda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin…

SOTIB OLINGAN SOVG’A NOSOZ CHIQSA NIMA QILISH KERAK?

SOVG’A NOSOZ chiqsa, qaerga boramiz? Odatda bayramlar arafasida ko‘pchilik o‘z yaqinlariga qanday sovg‘a olish haqida bosh qotiradi. Ammo ba’zida yaxshi niyatlar xarid qilingan maishiy tovarlarning nosozligi ma’lum bo‘lib qoladi. Foydalanish jarayoni­da qattiq shovqin chiqaradi,  o‘chirib-yoqish tugmalari ishlamay qoladi, tezda qizib ketadi… Albatta, bunday tovar nafaqat sifatsiz, balki xavfli ham hisoblanadi. Bu yana aynan shu brend…

MUROJAAT FUQARO FOYDASIGA HAL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatda, fuqaro avtosalondan “Oniks” modeldagi avtomobil uchun belgilangan mablag‘ni to‘lov qilgan. Avtomashina o‘z vaqtida yetkazib berilmagan va fuqaro avtosalondan boshlang‘ich to‘lovini qaytarib olishni talab qilgan, ammo fuqaroning murojaati avtosalon tomonidan yechimini topmagan. Ushbu holat yuzasidan…

Bayram dasturxoni uchun sotib olingan mahsulotlar sifatini qanday tekshirish mumkin?

Yangi yilni kutib olishga sanoqli kunlar qoldi. Hamma bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun to‘kin dasturxon tuzash taraddudiga tushib qolgan. Asosiysi shuki, xaridlar ro‘yxat asosida, zarur mahsulotlar me’yorida bo‘lishi kerak. Bayram ratsioni uchun eng talabgir mahsulotlarni xarid qilishda sifatlisini tanlash borasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining mas’ul vakili Umida Mansurova ma’lumot berdi. GO‘SHT…

O‘zbekiston Prezidenti MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Tadbirda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashdi. Uchrashuvda 2023-yilgi…

O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni MDH norasmiy sammitining madaniy tadbirlar dasturi doirasida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bog‘ majmualari bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari bilan birgalikda “Pavlovsk”, “Sarskoye selo” va “Petergof” muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurdi. XVIII-XIX asrlarda barpo etilgan ushbu tarixiy obidalar YUNЕSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, me’morchilik va…

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Janob Yasser Abdix boshchiligidagi Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi xodimlari 2023-yil 11-19-dekabr kunlari O‘zbekiston hukumati bilan uchrashib, iqtisodiy o‘zgarishlar va istiqbollar, siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Ushbu missiya davomida Janob Abdix mamlakatimizda raqobatni rivojlantirish naqadar muhimligi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi, shuningdek yaqinda qabul qilingan va joril yil 3-oktabrda kuchga kirgan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning rolini alohida ta‘kidladi. “Tarkibiy…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. Bo‘lajak tadbir doirasida Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qiladilar hamda MDH makonida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadilar.

Sanoat tarmoqlaridagi loyihalar va rejalar tanqidiy ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni hududlarda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar va sharoitlar natijasida so‘nggi besh yilda ushbu uchta tarmoqda ishlab chiqarish 2,6 barobar oshgan, ularning sanoatdagi ulushi 7 foizga yetgan. Shuningdek, 231 turdagi yangi mahsulotlar o‘zlashtirilib, eksport 1,6 milliard dollarni tashkil etgan. Joriy yilning o‘zida elektrotexnikada…