O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar
21-fevral kuni Qozon shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentini sportning an’аnaviy va virtual turlarini o‘zida mujassam etgan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro musobaqasi o‘tkazilayotgani bilan samimiy qutladi. Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, jumladan, o‘tgan yil 5-7-oktabr kunlari Moskva…