Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2025-yil davomida markaziy apparat xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda sport tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi futbol musobaqasi ham xodimlar o‘rtasida jamoaviy birdamlik va korporativ madaniyatni mustahkamlash maqsadida yuqori kayfiyat bilan tashkil etildi.
Shu bilan birga, 2024-yil oxirida Hukumat kubogi doirasida tashkil etilgan futbol turnirida ham Qo‘mitamiz jamoasi faol ishtirok etib, munosib o‘yin ko‘rsatganini ta’kidlab o‘tamiz.
Futbol musobaqasida qatnashgan barcha ishtirokchilarga tashakkur bildiramiz va g‘oliblarni chin dildan qutlaymiz!
Jamoaviy ruh va birdamlik bilan doimo g‘alaba sari!