Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi magistral kanali o‘tgan yili 39 ta tender o‘tkazdi. Uning 21 tasida buyurtmachining “qo‘shnisi” g‘olib chiqqan” – deb e’lon qilingan tanqidiy material yuzasidan.
Raqobat qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi, Qo‘mitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi” DM tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarida raqobat qonunchiligi talablariga rioya qilinganligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlari natijasida Buyurtmachi tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirilgan davlat xaridlarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan buyurtmachiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, buyurtmachi (Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi) mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shu bilan birgalikda, o‘rganish davomida kuzatilgan manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari bo‘yicha ma’lumotlarga huquqiy baho berilishi uchun prokuratura organlariga yuborildi.