Moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha seminarlar

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Moliyaviy savodxonlik” va “Isteʼmolchilar muammolari bilan ishlash” mavzularida respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladigan o‘quv seminarlarga start berildi. Xususan, joriy yil 28-noyabrda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand xalqaro Turizm universiteti va Toshkent Iqtisodiyot universitetining Samarqand filialida moliyaviy savodxonlikni oshirish…

Suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-noyabr kuni qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizdagi suv resurslarining 20 foizi o‘zimizda, katta qismi qo‘shni davlatlarda shakllanadi. Iqlim o‘zgarishi oqibatida suv manbalari yil sayin kamayib bormoqda. Transchegaraviy daryolarni boshqarish bo‘yicha vaziyat ham jiddiy. Bularning ta’sirida 2030-yilga borib yurtimizdagi suv tanqisligi…

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan joriy yil 5-7-oktabr kunlaridagi Rossiya Federatsiyasiga oliy darajali tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi. Yetakchilar O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib, ko‘p…

YANGI SUV HISOBLAGICH  O‘RNATILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar  huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati Chirchiq  shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning kommunal sohasi bo‘yicha murojaati o‘rganib chiqildi. Murojaatda iste’molchi tomonidan  “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Chirchiq shahar filialiga ishlab turgan ichimlik suvi hisoblagichini davlat ko‘rigidan o‘tkazish uchun ariza bergan. Hisoblagich 2014 yil 11 noyabrda o‘rnatilgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, hisoblagich foydalanishga yaroqsiz…

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Sharaxmetov Shaxrux Shaturgunovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qo‘mitadagi amaliy faoliyatini yakunladi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Sharaxmetov Shaxrux Shaturgunovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qo‘mitadagi amaliy faoliyatini yakunladi. Sh.Sharaxmetov Raqobat qo‘mitasini qayta tashkil etish, uni shakllantirish va rivojlantirishga bilimi va salohiyati, g‘ayrat va shijoati, yangi g‘oya va tashabbuslari bilan o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. Xususan, Qo‘mitaga rahbarlik qilgan davrda 3 ta…

RAQOBAT QO‘MITASI TOMONIDAN QONUN HUJJATLARI VA DAVLAT ORGANLARI QARORLARINING RAQOBAT MUHITIGA TA’SIRINI BAHOLASH SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

RAQOBAT QO‘MITASI TOMONIDAN QONUN HUJJATLARI VA DAVLAT ORGANLARI QARORLARINING RAQOBAT MUHITIGA TA’SIRINI BAHOLASH SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR Joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan project.gov.uz portali orqali Qo‘mitaga kelib tushgan 434 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (ex-ante)ni raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan xulosalar tayyorlandi, shundan 182 tasi (42…

Farmatsevtika va elektrotexnika sanoatidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni farmatsevtika va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarishni yanada qo‘llab-quvvatlash, korxonalarning eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimizda bu ikki tarmoq uchun ham zarur xomashyo, yetarli sharoitlar bor. Xususan, oxirgi olti yilda farmatsevtika sohasida ishlab chiqarish 3 barobar, eksport 6 barobar ko‘paygan. 525 million dollarlik 177 ta loyiha ishga tushib, jami…

Ayni damda  Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov «Raqobat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga taʼsirini baholash sohasida amalga oshirilgan ishlar» to’g’risida ma’lumot bermoqda. Qo‘mitaga kelib tushgan 434 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (ex-ante)ni raqobat muhitiga taʼsiri yuzasidan xulosalar tayyorlandi, shundan 182 tasi (42 %) qonunchilik talablariga zid…

E‘LON!

E‘LON! 2023-yil 28-noyabr kuni soat 10:00 da АOKА binosida brifing boʼlib oʼtadi. Mavzu: “Raqobat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga taʼsirini baholash sohasida amalga oshirilgan ishlar”. Brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov ma’lumot beradi. Brifing «O‘zbekiston 24» va «UzReport TV» telekanallari hamda Youtube tarmogʼi…