O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan 24-iyul kuni o‘tkazilgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston-Turkmaniston amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik va katta muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi. Suhbatda o‘zaro savdoni ko‘paytirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, shu…











