2024-yil davomida mamlakatda sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini huquqiy jihatdan yana-da mustahkamlash maqsadida Qo‘mita tomonidan 23 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan.
Shundan, 5 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish loyihasi, 4 ta Prezident qarori va Farmoni loyihasi, 11 ta Vazirlar Mahkamasi qarori, 2 ta Qo‘mita qarori va 1 ta Idoraviy buyruq loyihasi tayyorlangan.
Jumladan:
-O‘zbekiston Respublikasining “Tovar-xom ashyo birjalari to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-422-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni samarali tashkil yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi;
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 428-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi va boshqalar ishlab chiqilgan.