Raqobat qo‘mitasining Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami 3 ta don korxonalari tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida manipulyatsiya harakatlarini (grafiklarni bajarmaslik va kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilmaslik holatlari) sodir etganlik holatlari aniqlandi.
🔘 “QO’RG’ONTEPA DON MAXSULOTLARI” AJ – 724,2 tn bug‘doy uni va omuxta yem mahsuloti;
🔘 “ASAKA DON MAHSULOTLARI” AJ – 1394,0 tn bug‘doy uni va omuxta yem mahsuloti;
🔘 “ANDIJONDONMAHSULOT” AJ – 509,2 tn bug‘doy uni mahsuloti.
Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida don korxonalariga nisbatan qonun buzilish alomatlari bmlan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash xaqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.