AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BALLONLARI BILAN TA’MINLASH HOLATI SAMARQAND VA QASHQADARYO VILOYATLARI MISOLIDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan gaz ballonlarida suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmati yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari o‘tkazildi. Samarqand viloyati Raqobat qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining iste’molchilarga gaz ballonlarida suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmati yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganish natijalariga…

REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN “UNIVERSALBANK” ATBga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “Universalbank” ATB tomonidan e’lon qilingan “Sarmoya 25” nomli omonat turi reklamasida ushbu omonat turi bo‘yicha yillik foiz stavkasi 25 foizni tashkil etishi haqida axborot berilganligi kuzatildi. Mazkur reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda, bank tomonidan taklif etilayotgan “Sarmoya–25” omonatning shartlariga ko‘ra, omonatning muddati 18 oy bo‘lib, yillik foiz stavkasi…

DORI VOSITALARIGA BELGILANGAN REFERENT NARXLARNI OSHIRISH HOLATLARI ANIQLANDI

Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha tekshirish o‘tkazilganda 473 ta dorixonada (133 ta ulgurji va 340 ta chakana) huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. O‘rganishlar natijasida 49 455 ta holatda 5,4 mlrd. so‘mga yaqin asossiz daromad olinganligi aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi va iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari…

RAQOBAT QO‘MITASI TOMONIDAN “O‘ZBEKNEFTGAZ” AJga NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan, Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan davlat xaridlarida “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi yuzasidan elektron maxsus axborot portallaridagi ma’lumotlardan foydalangan holda doimiy monitoring o‘tkazilmoqda. Olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, “O‘ZBEKNEFTGAZ” AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali o‘tkazilgan 2 ta jami 4.8 mlrd so‘mga yaqin eng yaxshi takliflarni…

REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN “IPAK YO‘LI” AITBga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, reklamaning aylanishi sohasidagi qonunbuzilish holatlarini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi hisoblanib, bu borada muntazam ravishda tizimli ishlar olib borayotganligi jamoatchiligimizga ma’lum.  Xususan, Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Ipak Yo‘li” AITB tomonidan e’lon qilingan “Universal” va “Milliy” nomli omonat turlari reklamasida “Universal” omonat turi bo‘yicha yillik foiz stavkasi 22 foiz,…

“And Zamin Tea” MCHJ insofsiz raqobat uchun moliyaviy jarimaga tortildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 2024-yil 9-avgustda “Max-Tea” MCHJning murojaati asosida faoliyati choy mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi “Max-Tea” va “And Zamin Tea” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari o‘rtasidagi tovar belgisi bilan bog‘liq bo‘lgan nizoni ko‘rib chiqdi. Xususan, mazkur ishda choy ishlab chiqaruvchi “And Zamin Tea” MCHJ o‘zining ikki turdagi mahsulotlarini…

“REAL AGRO COTTON” UKGA MANIPULYASIYA HARAKATLARI SODIR ETGANLIGI UCHUN TEGISHLI TA’SIR CHORASI QO‘LLANILDI

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 29-bandiga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borilishi belgilangan.  Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi “O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom ashyo birjasi” Toshkent filialining taqdim qilgan ma’lumotlarini o‘rganish davomida “Real Agro…

“HUDUDGAZTA’MINOT” AJ TOMONIDAN KO‘RSATILMAGAN XIZMAT UCHUN OLINGAN  DAROMAD ISTE’MOLCHI FOYDASIGA TO‘LIQ QAYTA HISOB-KITOB QILINDI

Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “RAVON YO‘L INVEST” MCHJning “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali xizmatidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi. ✅ Mazkur o‘rganish davomida, “HUDUDGAZTA’MINOT” AJ va “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali tomonidan qonunchilik talabiga zid ravishda amalda yetkazib berilmagan tabiiy gaz hajmlari uchun “RAVON YO‘L INVEST” MCHJga  270 mln so‘mga yaqin…

TA’LIM MUASSASASI TOMONIDAN O‘TKAZILGAN DAVLAT XARIDLARIDA QONUNBUZILISH HOLATLARI ANIQLANDI 

Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasiga “JOMBOY PARXEZ TAOM” MCHJning murojaati asosida Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litseyi  amalga oshirgan davlat xaridlari qonuniyligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Olib borilgan o‘rganishlarda buyurtmachi tomonidan “etender,uzex,uz” elektron tizimida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan tayyor issiq ovqat bo‘yicha autsorsing xizmatini ko‘rsatish uchun amalga oshirilgan davlat xaridlarida savdolarni…