ISTE’MOLCHILAR UCHUN ESLATMA!

So‘nggi vaqtlarda Raqobat qo‘mitasiga ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan murojaatlar ko‘paygan. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida 1700 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Ko‘rilgan choralar natijasida 20 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Ushbu holatlar yuzasidan respublikadagi 129 ta quruvchi korxonalarning shartnomalari tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi: 80 foiz shartnomada quruvchi korxonalarga qayta hisob-kitob…

QONUNBUZILISH HOLATI YUZASIDAN “BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATBga nisbatan MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida reklama qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, o‘tkazilgan monitoringlarda Toshkent shahrida joylashgan reklama monitorlarida, shuningdek internet platformasida “BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATB tomonidan taqdim etilgan kreditlar haqidagi ma’lumotlarda qarz shartlari to‘liq va aniq ko‘rsatilmagan. Jumladan, “Biznesga 1,5 milliard, yillik 17,5 foiz” va “Ot 17% godovix, ipoteka na kvartiru v novostroyke” kabi…

Moliyaviy savodxonlikka qaratilgan davra suhbati tashkil etidi

Joriy yilning 17-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar bilan moliyaviy savodxonlikka qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida talabalar va aholi o‘rtasida iste’molchilar huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan qonun normalari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga…

Qo‘mita tomonidan 2024-yil davomida avtomobillar bilan bog‘liq mingdan ortiq murojaatlar ijobiy hal etildi

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga fuqarolardan avtomobillar, ularni sifati, yetkazib berish muddatlarining kechikishi, ehtiyot qismlaridagi nosozliklar va ularni kafolat muddatida ta’mirlashda muammolar yuzaga kelayotgani bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Hududlar kesimida murojaatlardan ayrim misollar Xorazm viloyati Hududiy boshqarmaga Yangiariq tumanida yashovchi S.M.ning o‘z turmush o‘rtog‘i nomiga “Avto-Layner Xorazm” MChJ bilan shartnoma bo‘yicha “Gentra” rusumli…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashabbusi bilan German Sparkassenstifung (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talablari uchun moliyaviy savodxonlikka qaratilgan o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

Qarshi Muhandislik va iqtisodiyot instituti talabalari uchun o‘tkazilgan o‘quv seminarda, moliyaviy savodxonlik to‘g‘risidagi asosiy qoidalari bo‘lgan daromad va xarajatlarni rejalash, mablag‘ni jamg‘arish, qarzni aql bilan olish, taqqoslash va tahlil qilish, daromad va xarajatlarni rejalashtirish, mablag‘larni jamg‘arish hamda bank kreditlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

7,2 MLRD SO‘MLIK TENDYER SAVDOLARI IXTIYORIY RAVIShDA BEKOR QILINDI

Raqobat qo‘mitasi respublikamizning hududlar kesimida (Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan,Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) maxsus axborot portalidagi ma’lumotlarga va murojaatlarga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib bormoqda. Jumladan, Buxoro viloyati misolida Jondor tuman tibbiyot birlashmasining 210 mln so‘mlik; Farg‘ona viloyati misolida Quva tuman…

Korrupsiyaga qarshi komplayens mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2024-yil uchun tasdiqlangan ichki audit yillik rejasiga asosan joriy yilning 10-dekabr kunidan boshlab Qo‘mitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatini kompleks o‘rganish, amaliy ko‘mak berish va ish faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududiy boshqarmaning faoliyati o‘rganilmoqda. Shu bilan bir qatorda Qo‘mitaning Ichki audit, korrupsiyaga qarshi…

Sifatsiz kosmetologiya xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘langan pul mablag‘lari fuqarolarga qaytarib berilishi ta’minlandi.

Kosmetologiya xizmatlari shifokor tomonidan o‘tkaziladigan, litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanadi. Ammo, ba’zi xususiy klinikalar tomonidan hech qanday huquqiy ahamiyatga ega bo‘lmagan sertifikatlar bilan bunday xizmatlarni ko‘rsatish holatlari uchrab turadi. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga joriy yilning o‘tgan davrida fuqarolardan 320 dan ziyod ariza va shikoyatlar kelib tushgan bo‘lib, unda sifatsiz ko‘rsatilgan xizmatlar orqali…

IQTISODIY KONSENTRATSIYAGA DOIR MONOPOLIYAGA QARSHI TALABLARNING BUZILISHI YUZASIDAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 26-moddasiga muvofiq iqtisodiy konsentratsiya hisoblangan bitim (harakat) tomonlarining biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi BHMning 250 ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi BHMning 500 ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lganda…

Raqobat qo‘mitasi — “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi sovrindori

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi tanlov ham ushbu…