O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotida ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi. Ozarbayjon rahbari mamlakatimiz yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, do‘st O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.…