O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2026-yilning yanvar-may oylarida “Ijro.gov.uz” tizimidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOTNOMA
2026-yil 26-may holatiga
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ijro intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mustahkam tizim yaratish, tartib o‘rnatish, temir intizomni joyiga qo‘yish, rahbarlar va xodimlarning dunyoqarashini o‘zgartirish soha xodimlarining eng muhim hamda asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilangan.
“Ijro.gov.uz” tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qaror va farmoyishlari hamda hududlarga tashriflari davomida Qo‘mitaga berilgan topshiriqlari, shuningdek Prezident Administratsiyasi rahbarining topshiriqlari va Hukumatning qarorlari, farmoyishlari, bayon va topshiriqlarida belgilangan vazifalar ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son, 2025-yil 25-iyuldagi
PF-117-son Farmonlari hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori talablari bo‘yicha tashkil qilingan yagona va uzluksiz “texnologik zanjir” asosida amalga oshirilib, ijro intizomiga rioya etish borasida qat’iy tartib, intizom va tizimli nazorat o‘rnatilib, muayyan natijadorlikka erishildi.
Joriy yilning yanvar-may oylarida ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan 140 ta Prezident topshiriqlari 100 foiziga bajarildi va o‘rnatilgan tartibda nazoratdan yechildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining joriy yil yanvar -may oylarida ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan 41 ta topshirig‘i 100 foiziga bajarildi va belgilangan tartibda nazoratdan yechildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlar bo‘yicha, joriy yil yanvar-may oylarida ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan 55 ta topshiriqlari 100 foizga bajarildi va o‘rnatilgan tartibda nazoratdan yechildi.
Bundan tashqari, 2026-yil iun oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
107 ta topshirig‘i nazoratga olingan bo‘lib, shundan, 56 tasida Qo‘mita asosiy ijrochi va
51 tasida ham ijrochi etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 14 ta topshirig‘i nazoratga olingan bo‘lib, shundan, 10 tasida Qo‘mita asosiy ijrochi va 4 tasida ham ijrochi etib belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida 55 ta topshirig‘i nazoratga olingan bo‘lib, shundan, 13 tasida Qo‘mita asosiy ijrochi va 42 tasida ham ijrochi hisoblanadi.
Topshiriqlar ijrosini tashkil etish bilan bog‘liq barcha masalalar har haftaning dushanba kun qo‘mita markaziy apparati yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama va tahlil qilib borilmoqda.
Murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomi va natijadorlikni baholash bo‘limi

