TICC 2023 | XALQARO KONFERENSIYA

Ayni vaqtda, “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “Raqamli bozorlarda raqobat to’g’risidagi qonunni qo’llash va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro konferensiyani Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sh.Sharaxmetov…

E’LON: TICC 2023 | XALQARO KONFERENSIYA

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “Raqamli bozorlarda huquqni muhofaza qilish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida Germaniya, Turkiya, Ruminiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Vengriya, Qirg‘iziston, Hindiston, Belarus, Armaniston kabi xorijiy davlatlardan raqobatni rivojlantirish organlari, xalqaro tashkilotlar,…

E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Teatr-kontsert tadbirlarini o‘tkazishda fonogrammadan foydalanish to‘g‘risida maʼlumotni taqdim etish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”  Idoraning qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (https://regulation.gov.uz/oz/d/82577)ga joylashtirilganligini ma’lum qiladi. Muhokamalar 2023-07-05 dan 2023-07-20 gacha davom etadi. Loyiha IDsi: 82577 Hurmatli jismoniy va yuridik shaxslar keng jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok…

ICHKI BOZORLARDA SHAKAR MAHSULOTI NARXLARI BARQAROR VA UZLUKSIZ TA’MINLANMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xususan shakar mahsuloti realizatsiyasi doimiy tahlil qilib boriladi. Respublikada yillik umumiy ishlab chiqarish quvvati 900 ming tonnadan ortiq bo‘lgan mahalliy shakar ishlab chiqaruvchi (“Xorazm shakar” MChJ va “Angren shakar” MChJ) korxonalarning ichki ehtiyojni (o‘rtacha 650 ming tonna) 138…

O‘zbekiston Prezidenti SHHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 4-iyul kuni SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Hindiston tomonining raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya…

Raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda:

– iste’molchilar huquqlarini inobatga olgan holda raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish va to‘xtatish; – raqobat muhitini rivojlantirish, tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish; – tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining iqtisodiy faoliyati erkinligini hamda tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash; – bozor ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni belgilash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish;…

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 850-SONLI «RAQOBAT TO’G’RISIDA»GI YANGI TAHRIRDAGI QONUNIDA BELGILANAYOTGAN ASOSIY QOIDALAR:

“Raqamli platforma”, “davlat ishtirokidagi korxona”, “davlat ishtirokidagi korxonalarning affillangan shaxslari” kabi tushunchalar kiritilmoqda: Amaldagi qonunda raqamli platformalar operatorlarining raqobatni cheklovchi va iste’molchilarning manfaatlarini kamsituvchi harakatlariga ta’qiqlar va davlatning tadbirkorlik faoliyatidagi  ishtirokiga talablar belgilanmagan. Raqobat sohasidagi asosiy prinsiplar belgilanmoqda: – Insofli raqobat, – qonuniylik, – iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, – shaffoflik, tenglik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi nutqi

Hurmatli rais! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida barcha ishtirokchilarni samimiy qutlashdan mamnunman. Hindiston Respublikasi Bosh vaziri janob Narendra Modiga bugungi uchrashuvimizni tashkil etgani uchun bildirilgan barcha minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Hindistonning SHHTga birinchi raisligi muvaffaqiyatli bo‘lganini qayd etamiz. Samarqand sammitida erishilgan kelishuvlarga muvofiq ko‘p qirrali hamkorligimiz jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tmoqchiman.…

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI TAHRIRDAGI 850-SONLI «RAQOBAT TO’G’RISIDA»GI QONUNI 2023-YIL 3-IYUL KUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN IMZOLANDI.

Yangi tahrirdagi Qonun 9 ta bob va 49 ta moddadan iborat. Qonunni ishlab chiqishda mas’ul idoralardan ko‘plab ekspert va mutaxassislar ishtirok etgan. Qonunni ishlab chiqishda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining jami 38 ta tavsiyasi inobatga olindi (shu jumladan Jahon bankining 26 ta, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 11 ta va Osiyo taraqqiyot bankining 1 ta tavsiyalari).…

O‘zbekiston Prezidenti SHHT sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 4-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Sammit kun tartibiga muvofiq, SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, tashkilot faoliyatini kengaytirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Uchrashuv yakunida SHHT davlatlari rahbarlari tomonidan iqtisodiy…