Erishilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kelgusi prognozlar muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilning 9 oyida erishilgan iqtisodiy natijalar, yil yakunigacha kutilayotgan ko‘rsatkichlar va 2024-yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlar muhokama qilindi. Joriy yilning 9 oyida mamlakatimiz iqtisodiyoti 5,8 foizga o‘sdi. Jumladan, sanoat 5,7 foiz, qishloq xo‘jaligi 4,1 foiz, xizmatlar 12,1 foizga oshdi. Jahon bozorlari va logistikadagi murakkabliklarga qaramay, eksport 23,5 foizga oshib, 17,7 milliard dollarni tashkil…