ASOSSIZ HISOBLANGAN MABLAG‘ FUQAROGA FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINISHI TA’MINLANDI
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish jarayonida ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda. Raqobat qo‘mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatda, fuqaro suv ta’minoti korxonasi tomonidan xonadoniga asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligidan norozi…