AVTOLIZING FIRMA XIZMATLARIDAN FOYDALANISHDA EHTIYOTKOR BO‘LING !
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish choralarini ko‘rib keladi. Hozirgi vaqtga qadar Qo‘mitaga iste’molchilardan avtomobillarni lizing va ijaraga beruvchi korxonalar tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmayotganligi to‘g‘risida ko‘plab murojaatlar kelib tushgan…