Samarqand obidalari Fransiya delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi
Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahrining qadimiy obidalari bilan tanishdi. Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdi. Ma’lumki, Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek Amir Temurning suyukli nabirasi bo‘lgan, ezgu ishlarini davom ettirgan. U ham hukmdor, ham olim sifatida ilm-fan va madaniyatni rivojlantirgan,…











