O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Quyidagilar raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning belgilari hisoblanadi: narxlarni sun’iy tarzda oshirish yoki pasaytirish to‘g‘risida kelishuv; bir xil preyskurantni yoki narxni tasdiqlaydigan buyruq (bayonnoma, farmoyish)ni qo‘llash: Batafsil infografikada Qaror bilan tanishish (https://lex.uz/docs/6907023#6909985)

“Iqtisodchilar muzokara platformasi”ning ilk uchrashuviga Jamoatchilik kengashi a’zolari ham taklif etilib o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Jumladan, Sh.Sharaxmetov tovar va moliya bozorlarida biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlari, iste’molchilar va birja sohasida amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan qonunchilik hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishni aytib o‘tdi. O.Usmonov bugungi globallashuv jarayonida OAV vakillari, bloger va jurnalistlar bilan hamkorlikda seminar treninglar tashkil etish hamda jamoatchilik bilan ishlash tizimlarni hamda jamoatchilik kengashi faoliyatini…

“Iqtisodchilar muzokara platformasi”ning ilk uchrashuvi davomida ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Jumladan, Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha Prezidentning maxsus vakili Aziz Urunov tovar va moliya bozorlarida biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlari haqida taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev iste’molchilar va birja sohasida amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlar hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni qo‘llab-quvvatlashni ta’kidlab o‘tdi. Infrasia Capital Bosh direktori, investitsiya va…

Ayni damda, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi “Iqtisodchilar muzokara platformasi”ning ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur uchrashuvni Raqobat qo‘mitasining raisi Halilillo Turaxujayev kirish so‘zi bilan ochib berib: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti chog‘ida qo‘mita faoliyatini jamoatchilikka ochiqlash va ommaviy axborot vositalarida yoritishni kuchaytirish kerakligi haqida topshiriq berilganligini ma’lum qildi, shuningdek, Qo‘mita huzurida “Iqtisodchilar muzokara platformasi” tashkil etilishining asosiy maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tdi. Iqtisodchilar muzokara platformasining…

Islom Karimov nomidagi teatr konsert saroyida Farg‘ona viloyati hokimi kubogi uchun davlat xizmatchilari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda jami 40 ta jamoa kuch sinashdi. Bo‘lib o‘tgan aql jangi baxslarida viloyat Raqobat boshqarmasining “Raqobat” jamoasi faxrli uchinchi o‘rinni egallab, tadbir tashkilotchilarining Faxriy yorlig‘i va esdalik mukofotlariga sazovor bo‘ldilar.

O‘zbekistonda raqamli platformalarning monopoliyaga qarshi tartibga solishning dolzarb masalalari

«O‘zbekistonda raqamli platformalarning monopoliyaga qarshi tartibga solishning dolzarb masalalari” mavzusidagi tadbir davomida Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev yaqinda kuchga kirgan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq tovar va moliya bozorlarida raqamli platforma operatorining ustun mavqeini va ustun muzokara…

“O‘zbekistonda raqamli platformalarning monopoliyaga qarshi tartibga solishning dolzarb masalalari”

«O‘zbekistonda raqamli platformalarning monopoliyaga qarshi tartibga solishning dolzarb masalalari” mavzusidagi tadbir davomida Jamoatchilik kengashi a’zolari ham taklif etildi. Unda kengash a’zolari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomlarga to‘xtalib o‘tdi jumladan tovar va moliya bozorlarida raqamli platforma operatorining ustun mavqeini…

RAQOBAT QO‘MITASI REKLAMA QONUNCHILIGI YUZASIDAN BARCHA DAVLAT VA NODAVLAT TELEKANALLARGA KO‘RSATMA XATI YUBORDI

Oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari (xususan, telekanallar) orqali reklamalarni tarqatishda (joylashtirishda) qonunchilik talablari buzilishi holatlari ko‘zga tashlanmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Qo‘mita tomonidan raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlarga (teleradiokanallar) ko‘rsatma xati yuborildi. Ko‘rsatmada telekanallar bir oylik muddatda reklamaga oid o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta ko‘rib chiqishi so‘ralgan. Ushbu ko‘rsatma xati…

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi

Navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umumiy yutuqlarining e’tirofi ekanini ta’kidladi. –…