UMRA TADBIRINI TASHKIL ETISHGA OID REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN TEGISHLI CHORALAR KO‘RILDI
Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarni “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda. Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalarning qonuniyligi o‘rganildi: O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan, litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan…