O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitidagi nutqi
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Hurmatli Bosh kotib! Anjuman ishtirokchilari! Avvalambor, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida sizlar bilan uchrashib turganimdan behad xursandman. O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz! Bugungi oliy darajadagi uchrashuvimiz bizning umumiy taraqqiyot yo‘lida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga bo‘lgan qat’iy intilishimizning yaqqol dalilidir. Bugun ko‘z o‘ngimizda dunyo siyosiy arxitekturasi tom ma’noda o‘zgarmoqda va global qayta qurilishi sodir…