O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi majlisining 3-son
BAYONI
2026-yil 26 iyun Toshkent shahri
KUN TARTIBI
-
«Global noaniqlik sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sish drayveri sifatida raqobat siyosati choralari» mavzusidagi xalqaro konferensiya yakunlari yuzasidan axborotni eshitish.
-
Global iqtisodiy noaniqlik sharoitida raqobat siyosatini takomillashtirish, bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish.
-
Xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilgan takliflar hamda ularni milliy amaliyotga tatbiq etish masalalarini ko‘rib chiqish.
-
Jamoatchilik kengashi a’zolarining taklif va tavsiyalarini muhokama qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi majlisining 2-son
BAYONI
2026-yil 25-may Toshkent shahri
KUN TARTIBI
-
Moliyaviy xizmatlar bozorida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.
-
Moliyaviy xizmatlar sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda milliy va xalqaro standartlarni joriy etish hamda sohadagi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqish.
-
Bank, to‘lov va sug‘urta xizmatlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish amaliyoti, raqamli moliyaviy xizmatlarda xavfsizlikni ta’minlash hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan ma’ruzalarni tinglash.
-
Jamoatchilik kengashi a’zolarining taklif va tavsiyalarini muhokama qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi jamoatchilik kengashi yig‘ilishining 01-sonli
BAYONI
2026-yil 15-mart Toshkent shahri
KUN TARTIBI
-
15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyaning mazmun-mohiyati va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilish.
-
Iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish masalalarini muhokama qilish.
-
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribalar yuzasidan Turkiya, Koreya va Yaponiyadan tashrif buyurgan ekspertlarning ma’ruzalarini tinglash.
-
Raqobat qo‘mitasi hamda German Sparkassenstiftung for International Cooperation o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish.

