Yurtimizda elektron tijorat rivojlanib bormoqda, shuningdek, savdo sohasida elektron tijorat orqali iste’molchilarga qulaylik yaratish bilan bir qatorda muammolar ham kuzatilmoqda.
2024-yilda Qo‘mitaga elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan, shulardan 81,9 % (1085 ta) ijobiy hal etilgan, 14,3 % (190 ta) bo‘yicha tushuntirish berilgan, 1,3 % (17 ta) vakolatli organlarga yo‘naltirilgan va 33 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.
Natijada, 423 iste’molchining huquqlari tiklandi, 88,9 million so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisoblandi, 31,6 million so‘mlik mahsulotlar almashtirilishi ta’minlandi.
Elektron savdo maydonlarida ko‘pchilik muammolar maishiy texnika sotuvidan (77,9 %) kelib chiqib, asosan nuqsonli tovarlarga bog‘liq ekanligi aniqlangan.
🌐 Murojaatlar kesimida eng ko‘p muammoli platformalar:
🟣 Uzum Market – 39,6 %;
🟣 Alif Shop – 9,9 %;
🟣 Uzum Nasiya – 6,5 %;
🟣 ZoodMall – 6,0 %;
🟣 Asaxiy uz – 3,8 %;
🟣 IDEA – 2,5%;
🟣 Hopshop – 2,1%;
🟣 100K uz – 2,1%.
Shuningdek, murojaatlarni hal qilish samaradorligi bo‘yicha turli platformalar faoliyati tahlil qilindi:
🟣 Openshop uz – 100 %;
🟣 Hopshop – 92,9 %;
🟣 Sello uz – 87,5 %;
🟣 Alijahon uz – 81,5 %;
🟣 ZoodMall – 81,0 %;
🟣 100K uz – 78,6 %;
🟣 Alif Shop – 67,2 %;
🟣 Uzum Nasiya – 66,3 %;
🟣 Uzum Market – 60,2 %
Shu o‘rinda, quyidagi elektron savdo platformalari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarnining aksariyati iste’molchilar foydasiga hal qilinmasdan, murojaat qanoatlantirilishi juda past ko‘rsatkichni tashkil etmoqda:
🔴 Sandiqshop – 21,4 %;
🔴 Booknomy – 28,6 %.
Qo‘mita tomonidan ommaviy ofertalarni qonunchilikka moslashtirish, elektron savdo ishtirokchilarining malakasini oshirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu sa’y-harakatlar iste’molchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish va bozor raqobatini yana-da rivojlantirishga xizmat qilmoqda.