O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi

Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moodyʼs” agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi. Davlatimiz rahbari bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini taʼkidladi. Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart,…

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan…

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi.

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan: – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash, – hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish, – “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish,…

ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA

ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA Raqobat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish yo‘nalishida 2024-yilda 991 ta, 2025-yilda 1 642 ta, 2026-yilning 6 oyida esa 837 ta murojaat kelib tushgan. Xususan, 2025-yilda murojaatlar soni 2024-yilga nisbatan 65,7 foizga oshgan. 2026-yilning birinchi yarmida qayd etilgan ko‘rsatkich esa 2024-yildagi butun yillik…

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish…

Raqobat qo‘mitasiga fuqarolardan savdo, kommunal va boshqa xizmatlar sohalari bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar…

Raqobat qo‘mitasiga fuqarolardan savdo, kommunal va boshqa xizmatlar sohalari bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini tiklash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda Quyida hududlar kesimida amaliy o‘rganish natijalardan ayrim misollar: 📍Xorazm viloyati Hududiy boshqarmaga Urganch tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.X. xarid qilgan C11 rusumli avtomobil uchun 380 mln so‘m to‘lovni…

Sirdaryo viloyatining tuman va shaharlarida mavjud zaxira va imkoniyatlarni aniqlash…

Davlatimiz rahbari tomonidan 2026-yil 25-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatining tuman va shaharlarida mavjud zaxira va imkoniyatlarni aniqlash hamda yalpi hududiy mahsulot hajmini oshirishga qaratilgan kompleks o‘rganishlar olib borilmoqda. Xususan, Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tashabbusi bilan mamlakatimizdagi 20 dan ortiq yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarining…

Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2026-yil 1-yarim yillik davomida iste’molchilardan jami 640 ta murojaatlar kelib tushgan

#Kun_raqami Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2026-yil 1-yarim yillik davomida iste’molchilardan jami 640 ta murojaatlar kelib tushgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchilar foydasiga 2.8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar qayta hisob-kitob qilingan.

Raqobat qo‘mitasi xalqaro qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyaga nisbatan “insofsiz raqobat alomatlari bilan” qo‘zg‘atilgan ishni Yevropa Komissiyasi bilan hamkorlikda o‘rganmoqda

Raqobat qo‘mitasi xalqaro qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyaga nisbatan “insofsiz raqobat alomatlari bilan” qo‘zg‘atilgan ishni Yevropa Komissiyasi bilan hamkorlikda o‘rganmoqda Raqobat qo‘mitasi tomonidan Yevropaning taniqli qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasiga nisbatan insofsiz raqobat alomatlari yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ayni paytda ko‘rib chiqilmoqda. O‘rganishlar davomida ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z mahsulotlarini sotib olish yoki qayta sotish uchun uning…

“Iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash va aholining huquqiy savodxonligini oshirish” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminar yakunlandi

#Seminar “Iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash va aholining huquqiy savodxonligini oshirish” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminar yakunlandi Joriy yilning 11–12-avgust kunlari Raqobat qo‘mitasi hamda Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti hamkorligida qo‘mita hududiy organlari xodimlari uchun tashkil etilgan ikki kunlik o‘quv-amaliy seminar o‘z ishini yakunladi. Seminarning ikkinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, “Uzum” raqamli ekotizimi,…