O‘zbekiston Prezidenti va Italiya Bosh vaziri ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar
Rim shahridagi rasmiy tadbirlar dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kiji saroyida Italiya Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi Jorja Meloni bilan muzokara o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari Italiya zaminida ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun dildan minnatdorlik bildirdi. Italiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim va ishonchli sherigi ekani, keyingi yillarda siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik faollashgani qayd etildi. Bugun…











