Bugun Raqobat qo‘mitasida videokonferens-aloqa orqali “Axborot materiallarini to‘g‘ri va professional tarzda yozish” mavzusida trening o‘tkazildi.
Uchrashuvda raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida sifatli press-relizlar va axborot materiallarini yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
Treningda Qo‘mitaning har bir hududiy boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati vakillari ishtirok etib, ma’lumotlarni aniq, tushunarli va professional tarzda yetkazish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar oldilar.