Sanoat tarmoqlaridagi loyihalar va rejalar tanqidiy ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni hududlarda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar va sharoitlar natijasida so‘nggi besh yilda ushbu uchta tarmoqda ishlab chiqarish 2,6 barobar oshgan, ularning sanoatdagi ulushi 7 foizga yetgan. Shuningdek, 231 turdagi yangi mahsulotlar o‘zlashtirilib, eksport 1,6 milliard dollarni tashkil etgan. Joriy yilning o‘zida elektrotexnikada…