Raqobat qo‘mitasi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining “Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasining “SDK Group And” MChJ XKning 100 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
“Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasi bir necha davlatlarda neft va neft mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot;
“SDK Group And” MChJ XK motor moyi va yoqilg‘i mahsulotlari uchun filtrlar ishlab chiqaruvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish va bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.