Joriy yilning 18-oktyabr kunida Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlar markazi va Japan International Cooperation Agency (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda Markaz direktor o‘rinbosari G‘.Xoljigitov hamda JICA dasturlar bo‘yicha loyihalar shakllantirish maslahatchi Abe Naomi, loyihalar bo‘yicha yetakchi koordinator Sharipov Sharifzoda qatnashdilar. Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi Markaz va JICA o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash hamda hamkorlik uchun yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi. Suhbat yakunida tomonlar o‘zaro bilimlar almashinuvi, xodimlarning institusional salohiyatini mustahkamlash, yapon…

RAQOBAT QO‘MITASI TOMONIDAN RESPUBLIKA KESIMIDA ISTE’MOLCHILARNING AVTOMASHINALARNI XARID QILISHDAGI MUAMMOLARI O‘RGANIB BORILMOQDA

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida fuqarolardan avtomobillar, ularni sifati, yetkazib berish muddatlarining kechikishi, ehtiyot qismlaridagi nosozliklar va ularni kafolat muddatida ta’mirlashda muammolar yuzaga kelgani bo‘yicha 900 ga yaqin tushgan murojaatlarini ijobiy hal etdi. Navoiy viloyati misolida Hududiy boshqarmaga avtomobil sohasiga oid kelib tushayotgan yechimtalab murojaatlardan biri Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi…

500 dan ORTIQ UMUMIY OVQATLANISH SUBYEKTLARIDA KAMCHILIKLAR ANIQLANDI VA ULARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN VAKOLATLI ORGANLARGA MA’LUMOTLAR KIRITILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga joriy yilning o‘tgan davri mobaynida iste’molchilardan umumiy ovqatlanish korxonalarida (restoran kafe, oshxona va bufet) ko‘rsatilayotgan xizmatlarda sanitariya-gigiyena talablari buzilayotganligi, narxlarni oshirib qo‘llash hamda taomnomalarning davlat tilida taqdim etilmayotganligi yuzasidan 250 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan hamkorlikda respublikada…

O‘ZBEK TILI – MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA MUSTAQIL DAVLATCHILIGIMIZ TIMSOLI

2020-yil 10-aprelda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan har yili 21-oktyabr mamlakatimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida keng nishonlanadi. Shuni mamnuniyat bilan aytish mumkinki, ona tilimiz – o‘zbek tili millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan ijtimoiy aloqa vositalaridan biridir. Asrlar osha o‘z sofligini, o‘ziga xos jihatlarini saqlagan, sayqallangan…

MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAENS FAOLIYATIGA MAS’UL XODIMLAR UCHUN O‘QUV KURSLARINING NAVBATDAGI DASTURI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 15-17-oktyabr kunlari Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi. O‘quv kurslarida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi; Transport vazirligi; Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;…

“QARSHI AGROKLASTER” MChJGA NISBATAN MANIPULYATSIYA HARAKATLARINI SODIR ETGANLIGI UCHUN TEGISHLI TA’SIR CHORASI QO‘LLANILDI

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borishi belgilangan. Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan birja savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni taqiqlash bo‘yicha…

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali “Monopolist kompaniya ishlab chiqargan “Damas” qulog‘ini ushlab ketdi. MChJga to‘langan pullar esa qaytarib berilmayapti…” mavzusida murojaat qoldirilgan. (https://t.me/r_kusherbayev/7586) Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlanganini ma’lum qiladi. Xususan, Raqobat qo‘mitasiga joriy yilning 9 oyi davomida iste’molchilardan avtomobillarni lizing va keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga…

Xorazm viloyatida tovar xom ashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari, monopoliyaga qarshi komplayens tizimi hamda davlat xaridlarini amalga oshirishda raqobat qonunchiligi talablari bo‘yicha malaka oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazildi

Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida “Tovar xom ashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi” mavzusida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Mazkur malaka oshirish kursida, tovar xom ashyo birja ishtirokchilariga (broker, treyder) raqamli iqtisodiyot,…

FUQARODAN SAVOL: Qanday holatlarda savdo qoidalari buzilgan deb hisoblanadi va ularga nisbatan amaldagi qonunchilikda javobgarlik belgilanganmi?

JAVOB:  Savdo qoidalari quyidagi holatlarda buzilishi mumkin: Narxlarni asossiz ravishda oshirish; tovarlar, mahsulotlarni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmatlar ko‘rsatmaslik; tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schyot) bermasdan sotish; xaridorga tovarning, mahsulotning miqdori, vaznini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish; nosoz yoki tamg‘alanmagan tortish va o‘lchash priborlaridan foydalanish. To‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda…

DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALARNI TASHKIL ETISHDA OLDINDAN ROZILIK OLMAGAN TASHKILOTLARGA NISBATAN TEGISHLI TA’SIR CHORALARI KO‘RILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning III-choragi davomida iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olinganligi masalalari yuzasidan monitoring ishlari olib borildi. Olib borilgan o‘rganish ishlari davomida, 7 ta holatda davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etgan Andijon davlat tibbiyot instituti Qarshi muhandislik…