Vengriyaning Budapesht shahrida “Sudlov va qo’shib yuborish va qo’shib olish ustidan nazorat” mavzusiga bag‘ishlangan raqobat organlari uchrashuvi

Vengriya Raqobat organining (GVH) taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov 2024 yil 25-27 mart kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan “Sudlov va qo’shib yuborish va qo’shib olish ustidan nazorat” mavsuziga bag‘ishlangan raqobat organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etmoqda. Mazkur uchrashuvda “OECD-GVH” Mintaqaviy raqobat markazining hozirgi faoliyati hamda…

Barcha mas’ullar har bir korxona, tadbirkor va xonadon bilan yaqindan ishlaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kunning ikkinchi yarmida Namangan shahrida Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimlari hamda iqtisodiy kompleks mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Sayxunobod tajribasi asosida mahallabay ishlash, tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanib, aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Vodiy viloyatlarida aholi zich yashaydi. Har qarich yer qadrli.  Mirishkorlar yerdan foydalanishning hadisini olgan. Hunarmandchilik, tadbirkorlik yaxshi…

Prezident iftorlikda ishtirok etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni butun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilgan iftorlikda ishtirok etdi. Xalqimiz hayoti va ma’naviyatida Islom dinining o‘rni beqiyos. Yurtimiz musulmonlari muqaddas aqidalarga amal qilib, ezgu an’analarni davom ettirib kelmoqda. Bu yil ham elimiz ma’naviy poklik, xayru saxovat ayyomi bo‘lgan Ramazon oyini katta xursandchilik bilan kutib oldi. Masjidlarda Qur’oni karim xatm qilinib, yurtimizga fayzu…

Namanganda uchta elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

25-mart kuni Namangan viloyatida yangi elektr stansiyalari qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi. Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryoda 1,6 gigavattli 9 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari tarmoqqa ulandi. Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 183 megavattli 6 ta gidro elektr stansiyasi ishga tushirildi.…

Investitsiyalar asosi – O‘zbekistonga bo‘lgan ishonch

Mamlakatimizning barcha hududlarida investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, yana sarmoyalar kirib kelmoqda. Bunga asos – yangi O‘zbekistonga bo‘lgan ishonch. Namangan viloyatida ham umumiy qiymati 4 milliard dollarlik 47 loyiha shakllantirilgan. Shundan 2 milliard 300 million dollarlik 17 tasi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi. Ularga Rossiya, Xitoy, Turkiya, BAA, Fransiya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Niderlandiya, Eron, Pokiston kabi…

Sanoat korxonasining mahsulot va loyihalari bilan tanishildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan tumanidagi “Nam Motor Servis” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. To‘rt gektardan ortiq hududda joylashgan ushbu investitsion loyihaning dastlabki bosqichi 2021-yilda ishga tushirilgan. Xitoydan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatildi. Natijada yiliga o‘n ming dona elektr dvigatel, ikki ming dona suv nasosi ishlab chiqarish quvvati yaratildi. Yuz kishi ish bilan ta’minlandi. Korxona mahsulotlari energiya tejamkorlik klassining…

Mahalladagi “o‘sish nuqtasi” sanoat zonasiga aylandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Qumtepa” yoshlar kichik sanoat zonasida bo‘ldi. Mahallalarda shakllangan kasb-hunarlarni rivojlantirib, drayverga aylantirish, shu orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Uychi tumanidagi Qumtepa, Dehqon, Balandariq va Jiydakapa mahallalarida temirchilik shunday yo‘nalish. 2021-yilda bu yerda temirchilikka ixtisoslashgan sanoat zonasi tashkil etilib, xonadonlardagi usta-hunarmandlarga zarur sharoitlar yaratib…

Zargarlik sanoat darajasida rivojlanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari dastlab Yangi Namangan tumanidagi “Gavhar grup” korxonasini borib ko‘rdi. U yiliga 1 ming 200 kilogramm zargarlik buyumlarini sanoat usulida ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yurtimiz zargarligi qadimdan mashhur. Jumladan, Namanganda ham “qo‘li gul” hunarmand sulolalar bo‘lgan. Lekin yetarli sharoit bo‘lmagani, xomashyo sotib olishdagi qiyinchiliklar sababli…

Prezident Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi Tashrif dasturidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yirik energetika obyektlari qurilishiga start berish, mahallalar hayoti bilan tanishish o‘rin olgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab berilishi va iftorlik dasturxoni yozilishi rejalashtirilgan.

SAVOL: Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari qanday?

FUQARODAN SAVOL: Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari qanday? JAVOB: Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli: tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish; tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta…