O‘zbekiston Prezidenti Turkiya aerokosmik kompaniyasida bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida 6-iyun kuni “Turkish Aerospace Industries Inc.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Davlatimiz rahbariga kompaniya mahsulotlari namunalari, ishlab chiqarish jarayoni va xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy hamkorlik natijalari taqdimot qilindi. 1984-yilda tashkil etilgan kompaniya turg‘un va aylanma qanotli havo texnikasi, uchuvchisiz uchish qurilmalari va sun’iy yo‘ldoshlarni loyihalashtirish, ishlab…