Iste’molchining huquqi tiklanib, 32 000 000 so‘m qaytarildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga Ellikqala tumanida yashovchi fuqaro yo‘llagan murojaati kelib tushdi. Murojaatda “Sultonmurat Qurilish Obod” MChJning yangi qurgan uylarining biridan uy-joy olish maqsadida  oldindan 32 000 000 so‘m to‘laganligini, lekin shu kunga qadar uy-joy berilmaganligi yuzasidan shikoyat bildirilgan. Qo‘mita mutaxassislari tomonidan mazkur qurilish korxonasiga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini…

Qishga tayyorgarlik bo‘yicha vazifalar ijrosi muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-dekabr kuni qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha vazifalarning bajarilish holati muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Ma’lumki, o‘tgan qishdagi sovuqdan kelib chiqib, bu mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rildi. Ichki imkoniyatlar to‘la ishga solinib, tarmoqlar modernizatsiya qilindi. Muassasa, korxona va mahallalardagi kamchiliklar bartaraf etildi. Qo‘shimcha energetika quvvatlarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etildi. Natijada…

Aholi osoyishtaligini ta’minlash tizimi ko‘zdan kechirildi

Davlatimiz rahbari Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yagona tezkor boshqaruv markazini borib ko‘rdi. Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan majmua “Geoinformatsion elektron xarita” dasturi asosida ishlaydi.…

Vazifalarning joylardagi ijrosi ko‘zdan kechirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi yashash sharoitlari, qishga tayyorgarlik va obodonchilik ishlarini ko‘rish maqsadida 12-dekabr kuni Toshkent shahridagi mahallalarda bo‘ldi. Dastlab «Toshkent issiqlik markazi» korxonasining Uchtepa tumanidagi issiqlik markazi borib ko‘rildi. Davlatimiz rahbari bundan roppa-rosa bir yil oldin bu yerga kelganida ahvol juda ayanchli edi. Bu markaz 1969-yilda qurilgan, shundan buyon kapital ta’mirlanmagan. Qozonxona ham, tarmoqlar…

Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 12-dekabr kuni paxta xomashyosini yetishtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 9-noyabr kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida paxtachilik tarmog‘ida mavjud muammolar tahlil qilinib, klasterlar va fermerlar o‘rtasidagi munosabatlarni yangicha tashkil etish, paxta urug‘chiligiga ilg‘or yondashuvlarni joriy qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan edi. Ushbu topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilgan takliflar…

Voyaga yetmaganlarni himoya qilish maqsadida reklamani tayyorlash, tarqatish va joylashtirishda qanday talablar belgilangan?

FUQARODAN SAVOL: – Voyaga yetmaganlarni himoya qilish maqsadida reklamani tayyorlash, tarqatish va joylashtirishda qanday talablar belgilangan? MUTAXASSIS JAVOBI: Sherzod MAXAMADALIEV, Raqobatni rivojlantirish  va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i: – Voyaga yetmaganlarni ularning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiiste’mol qilishlardan himoya etish maqsadida reklamada quyidagilar taqiqlanadi: voyaga yetmaganlarning iste’mol qilishi taqiqlangan tovarlarni iste’mol qilayotgan yoki…

“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! Qadrli mehmonlar! Xonimlar va janoblar! Siz, azizlarni o‘tgan asr boshlarida shakllanib, nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun musulmon olami va turkiy dunyo tarixida chuqur iz qoldirgan jadidchilik harakatini har tomonlama o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro anjumanning ochilishi bilan chin qalbdan tabriklayman. Mushtarak tariximizning yorqin sahifalarini tashkil etadigan ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning o‘z qimmati…

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga

Qadrli vatandoshlar! Hurmatli dehqon va fermerlar, qishloq xo‘jaligi xodimlari! Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali o‘z hayotini qishloq xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlagan barcha zahmatkash insonlarni, butun xalqimizni qutlug‘ bayram – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi o‘ta murakkab iqlim sharoitida ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, yerdan mo‘l hosil yetishtirish – bu…

Taksi agregatorlari xizmatlari bozorida tahlil ishlari yakunlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oldinroq taksi agregatorlari xizmatlari bozorida o‘rganishlar o‘tkazilayotgani va uning natijalari e’lon qilinishi haqida ma’lumotlarimizda ham xabar berib o‘tgan edik. Shu bilan birga, Qo‘mita tomonidan yo‘lovchilarni tashish (taksi) uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozoridagi raqobat muhiti va tegishli bozor ishtirokchilari…

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. Asosiy Qonunimizning jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini yuksak qadrlaymiz. Albatta, bu yilgi bayram ijtimoiy-siyosiy hayotimizda, mamlakatimiz…