O‘zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyul kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatimizda bo‘lib turgan ushbu tashkilot bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi. Uchrashuv avvalida MDH bosh kotibi davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Prezidenti saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, unga baxt-saodat, mamlakatimiz barqaror taraqqiyoti va ravnaqini ta’minlash yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi. Saylov xalqaro standartlarga to‘liq…

Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekiston Prezidentini saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Qirg‘iziston yetakchisi davlatimiz rahbarini kecha bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Qayd etilganidek, ovoz berish natijalari mamlakatimiz aholisi O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan pragmatik siyosatga ishonishi va uni keng qo‘llab-quvvatlashini yaqqol ko‘rsatdi. Telefon muloqoti davomida ikki tomonlama…

O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali muloqoti davomida faol va tizimli siyosiy aloqalarni davom ettirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni jadallashtirish, ishbilarmonlik va gumanitar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi boshqa muhim masalalar muhokama qilindi. Vengriya Bosh vaziri mamlakatimiz yetakchisini kuni kecha bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari Prezident…

O‘zbekiston Prezidenti Belarus Prezidenti bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqotida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va faol gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari ko‘rib chiqildi. Belarus Prezidenti davlatimiz rahbarini Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutlab, O‘zbekistonga katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi. O‘zaro savdo hajmi oshib, tibbiyot, farmatsevtika,…

MONOPOLIYAGA QARSHI EKSPERTLAR ASSOTSIATSIYASI TASHKIL ETILADI

Joriy yil 6-iyul kuni “Raqamli bozorlarda raqobat to’g’risidagi qonunni qo’llash va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida o’tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida «Monopoliyaga qarshi ekspertlar(yuristlar) assotsiatsiyasini tuzish yuzasidan» kelishuv imzolandi. Mazkur kelishuvni imzolashdan ko‘zlangan maqsad: – monopoliyaga qarshi ekspertlar (yuristlar) Assotsiatsiyasini tuzish; – monopoliyaga qarshi qonunchilik va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonun hujjatlarini…

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Qozog‘istonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston rahbarini kuni kecha mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutladi. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.…

Rossiya Prezidenti O‘zbekiston Prezidentini saylovda qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Rossiya yetakchisi davlatimiz rahbarini saylovda qozonilgan ishonchli g‘alaba bilan dildan qutladi. Alohida ta’kidlanganidek, ovoz berish natijalari O‘zbekistonda mamlakatni yanada jadal rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar siyosati xalq tomonidan…

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Qozog‘iston rahbari O‘zbekiston yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutlab, unga yangi muvaffaqiyatlar, farovonlik va ravnaq tiladi. O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq izchil rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi…