Turizm sohasi va “Yashil makon” loyihasi doirasidagi vazifalar muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-oktabr kuni turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Ma’lumki, turizm iqtisodiyot uchun qo‘shimcha va tuganmas manba. Shu bois har bir davlat sayyohlarni jalb etishga harakat qiladi. Mamlakatimizda bu sohaga keng imkoniyatlar yaratilayotgani natijasida mehmon o‘rinlari, sayohat…