O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Hukumati rahbari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-York shahrida o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi doirasida Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar ul-Haq Kakar bilan uchrashdi. Muzokaralarda O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari yil boshidan 75 foizga o‘sganini…