Dunyo yetakchilari davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bilan qutlamoqda
Ko‘p millatli xalqimiz hayotidagi muhim sana – davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan tabriklar kelmoqda. Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida keyingi yillarda demokratik yangilanishlar va milliy taraqqiyot yo‘lidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishda, mamlakatimizning…