Bojxona rasmiylashtiruvi markazi ishga tushdi
Mustaqillik xalqimizga erkinlik, ro‘shnolik olib kelganidek, har yili bu ayyomda yaxshiligu yangiliklar ko‘p bo‘ladi. Bu yil ham barcha hududlarda iqtisodiy-ijtimoiy inshootlar ishga tushirilmoqda. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi ana shunday bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 27-apreldagi bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir farmonida sohani raqamli transformatsiya qilish, xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish chora-tadbirlari…