ISSIQ SUV BO‘YICHA 4 000 GA YAQIN FUQAROLAR XONADONIGA HISOBLANGAN 2 MLRD 81 MLN SO‘M PUL MABLAG‘LARI QAYTA HISOB-KITOB QILINISHI TA’MINLANDI
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonalarida o‘rganish ishlarini o‘tkazdi. Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda Qarshi shahrida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarga “ISSIQLIK MANBAI” DUK tomonidan belgilangan tartibda issiqlik energiyasi yetkazib berilmagani va ana shu davr uchun o‘zaro qayta hisob-kitob qilinmayotgani ma’lum bo‘ldi. O‘rganishlar davomida…