28-yanvar kuni Qo‘mita huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan tizim xodimlarining malakasini oshirish va sohadagi bilimlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kurslari boshlandi.
Kurslarda Qo‘mitaning hududiy boshqarmalaridan tashrif buyurgan rahbar o‘rinbosarlari, yuristkonsult va mutaxassislar ishtirok etmoqda. Birinchi kunda ishtirokchilarga “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun, uning maqsadlari, iqtisodiyotda raqobatning ahamiyati, insofsiz raqobat holatlari, moliyaviy javobgarlik choralari, monopoliya va tabiiy monopoliya tushunchalari, hamda birja savdolarida raqobatni cheklovchi harakatlarning oldini olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Kurs davomida birja savdolarida manipulyatsiyalar va javobgarlik, davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar va eksklyuziv huquqlar haqida ham tinglovchilarga tushuntirib o‘tish belgilangan.
O‘quv kurslari 31-yanvar kuniga qadar davom etadi.