«Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2023-yil 1-oktabrdan boshlab eksklyuziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestri joriy etiladi; Raqobat qo‘mitasi bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va ustun muzokara kuchiga ega bo‘lgan subyektlarni aniqlaydi va ular tomonidan ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilishni taqiqlaydi.