O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi
Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston yoshlarini mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ushbu bayramni sizlar bilan birgalikda katta shodu xurramlik bilan o‘tkazayotgan ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizni, ko‘pmillatli butun xalqimizni samimiy qutlab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Albatta, mana shunday quvonchli ayyomda yurtimiz kelajagi,…