QO‘MITA MAS’ULLARI YEREVANDAGI XALQARO SEMINARDA

2023-yil 5-9-iyun kunlari Yerevan shahrida (Armaniston Respublikasi) “Markaziy Osiyo energetika regulyatorlari hamkorligi xizmatlari sifati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu seminar AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Markaziy Osiyoda energetika sohasida tartibga solish bo‘yicha hamkorlik loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va AQSH Kommunal xizmatlarni tartibga solish bo‘yicha komissarlari milliy assotsiatsiyasi (NARUS) bilan hamkorlikda tashkil etilgan. O‘z…

Qatar Amiri Samarqanddagi obidalar bilan tanishdi

Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadim va betakror Samarqand shahrining ulug‘vor me’moriy obidalarini ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdi. Ma’lumki, Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek buyuk olim va hukmdor sifatida ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan. O‘rta asrlardayoq noyob…

Qatar Davlati Amiri Samarqandga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Samarqand aeroportida Qatar Amirini O‘zbekiston Prezidenti kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarildilar. Milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim…

Prezident Samarqandga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi. Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bugun davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Muloqotda O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Qatar Davlati Amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5-6-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Bunda, eng avvalo, faol siyosiy muloqotlar…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentining inauguratsiyasida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqaraga tashrif davomida joriy yil 28-maydagi saylovda Turkiya Respublikasi Prezidenti etib qayta saylangan Rejep Tayyip Erdog‘anning inauguratsiya marosimida ishtirok etdi. Tadbirda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari vakillari – davlat va hukumat rahbarlari, parlament spikerlari, yuqori darajadagi rasmiy shaxslar hamda Turkiy davlatlar tashkiloti, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 3-iyun kuni Anqara shahrida Turkiya Prezidentining lavozimga kirishishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. Tashkilotchilar qayd etishicha, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.-

MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENSGA MAS’UL XODIMLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning majlislar zalida o‘quv-seminari tashkil etildi. “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta’minlash garovi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tashkilotning monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan xodimlariga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari…