Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi ichki audit xizmatining 2026-yil I chorak faoliyati natijalari boʻyicha
YILLIK HISOBOTI
- Umumiy ma’lumotlar.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Ichki audit, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi 3 ta shtat birligi (1 ta bo‘lim boshlig‘i va 2 ta bosh mutaxassis) dan iborat bo‘lib, ushbu lavozimlardan 1 tasi ichki audit yo‘nalishida faoliyat yurituvchi (ichki audit bo‘yicha milliy malaka sertifikatiga ega) bosh mutaxassis hisoblanadi. Shuningdek, Qo‘mitada 17 ta tizim tashkilotlari mavjud.
- Ichki audit yillik rejasida tasdiqlangan ichki audit tadbirlarining hisobot davrida rejalashtirilgan qismining bajarilishi holati.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2022-yil 22-noyabrdagi 63-son buyrug‘iga bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
2022 yil 27 dekabrda 3406-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “Ichki audit tadbirlarini o‘tkazish Qo‘llanmasi”ga hamda Vazirlikning 2022-yil 3-oktyabrdagi 52-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki audit milliy standartlari”ga asosan ichki audit obyektlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan baholash natijalariga ko‘ra, 2026-yil I chorakda Qo‘mita markaziy apparatida hamda Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmalarida ichki audit tadbirlari o‘tkazilishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Shunga ko‘ra, ichki audit tadbirlari reja-grafigi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.
Mazkur reja-grafikka muvofiq, 2026-yil I chorakda Qo‘mitaning 2025-yil uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlari ijrosi yuzasidan asoslantirilgan hisobotlarni baholash, shuningdek Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmalarida ichki audit tadbirlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Grafikda nazarda tutilgan tadbirlarning to‘liq bajarilishi ta’minlandi.
Mazkur o‘tkazilgan Ichki audit tadbirlari davomida asosan ichki audit obyektidagi buxgalteriya hisobining yuritilishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning hisoblanishi va to‘lanishi yuzasidan jami 15 holatda 41, 3 mln. so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlanib, 1 holatda 7,2 mln. so‘mlik noqonuniy xarajatlarning oldi olinishiga erishildi.
Bundan tashqari, o‘tkazilgan masofaviy audit tadbirlari natijasida Navoiy viloyati hududiy boshqarmasida 2 holatda “Davlat mulklarini ijaraga berishda kommunal to‘lovlarni hisobga olmaslik” risk yo‘nalishida 2,2 mln. so‘m kommunal to‘lovlar “ijaraga oluvchi”lardan belgilangan tartibda ichki audit obyektlarining tegishli shaxsiy hisob raqamlariga undirildi.
Ushbu aniqlangan moliyaviy xato kamchiliklarning yuzaga kelishining asosiy sababi ichki audit obyekti bosh hisobchisining buxgalteriya hisobining yuritilishi, mehnatga haq to‘lanishi hamda xizmat safari xarajatlarining to‘lanishi bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘rganib chiqmaganligi, shuningdek oxirgi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishmaganligi oqibatida yuqoridagi moliyaviy xato kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.
- Hisobot davrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, lekin amalga oshirilmagan ichki audit tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hisobot davrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, lekin amalga oshirilmagan ichki audit tadbirlari mavjud emas.
- Ichki audit ob’ektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2026-yil Ichki audit I chorak rejasiga кўра o‘tkazilgan ichki audit tadbiriga muvofiq, 2026-yil I chorak davomida ichki audit tadbirlari natijasida berilgan 9 ta taklif va tavsiyalarning bajarilishi yuzasidan ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, shundan 9 ta taklif va tavsiyalar hisobot davrida bajarildi.
- Davlat organi va tashkiloti tizimidagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa va tashkilotlarda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan nazorat ishlariga oid hujjatlarning monitoringi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmagan.
- Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash natijalari
Hisobot davri yakuni bo‘yicha Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi Ichki audit xizmati xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash natijasi yuzasidan yig‘ma ko‘rsatkich 100 % ni (“a’lo”) tashkil etdi. Jumladan: Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olishdagi natijalari
30 %, Masofaviy nazoratni amalga oshirishdagi natijalar 30%, Ichki audit yillik rejasida xodim masʼul boʻlgan ichki audit tadbirlarining oʻtkazilishi 20%, Berilgan taklif va tavsiyalarning ijrosi 20 % ni tashkil etdi.

