SAMARQAND VILOYATIDA BIR NECHA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN MOLIYAVIY JARIMALAR QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, reklamaning aylanishi sohasidagi qonunbuzilish holatlarini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi hisoblanib, bu borada muntazam ravishda tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, Samarqand shahrida joylashgan 2 ta mehmonxona: “XURSHEDA GRAND” OKga tegishli “Vazira Hotel”; “DIPLOMAT PREMIUM” OKga tegishli “Diplomat Premium Hotel” mehmonxonalari tomonidan reklama va bronlash (booking,com) platformasiga…

«Raqamli raqobat va sun’iy intellektni tartibga solish mexanizmlari» bo‘yicha trening

Raqobat qo‘mitasi tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan bugungi kunda har tomonlama islohotlar olib borilmoqda. Raqobat qo‘mitasida Germaniyaning Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda Qo‘mita mutaxassislari uchun «Raqobat va sun’iy intellektni raqamli tartibga solish mexanizmlari» mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminar boshlandi. Ushbu trening ishtirokchilarning raqamli va sun’iy intellektga asoslangan bozorlarni tartibga solish bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarini…

ISTE’MOLCHILARNING ALOQA XIZMATLARI BO‘YICHA MUROJAATLARI HUDUDLAR KESIMIDA O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga respublika bo‘ylab iste’molchilar tomonidan “O‘ZBEKTELEKOM” AK (UZMOBILE), “COSCOM” MCHJ (UCELL), “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” MCHJ (MOBIUZ), “UNITEL” MCHJ (BEELINE) va “HUMANS” MCHJ aloqa kompaniyalari tomonidan belgilangan tariflardagi tushunmovchiliklar, aloqa va internet xizmatlarining sifatsizligi, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun ortiqcha to‘lovlar olinishiga oid ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Qo‘mita mazkur murojaatlarni mobil aloqa…

QONUNBUZILISHGA YO‘L QO‘YGAN “TOZA HUDUD” DUGGA 100 MINGDAN ORTIQ ISTE’MOLCHILARGA QAYTA HISOB-KITOB QILISH BO‘YICHA KO‘RSATMA BERILDI

Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyati “Toza hudud” davlat unitar korxonasining 2023 va 2024-yilning 1-yarim yilligida maishiy chiqindi tashish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi. O‘rganish va tahlillarda mazkur “Toza hudud” DUKning tuman-shahar filiallari tomonidan maishiy chiqindi tashish xizmatining MFY kesimida belgilangan jadval asosida…

Raqobat qo‘mitasi vakillari hamda Sparkassenstiftung for International Cooperation mintaqaviy loyihalar boshlig‘i Inka Ryuk honim bilan uchrashuv

Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri janob Olaf Sholsning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi hamda davlat rahbarlarining bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Raqobat qo‘mitasining Germaniyaning Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti vakillari bilan bugungi uchrashuvida ham bu o‘z ifodasini topdi. Raqobat qo‘mitasi raisi H.Turaxujayev boshchiligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning butun davrida…

Tanlov bayonnomasi bekor qilingan va g‘olib tashkilot bilan shartnoma tuzish rad etilganligi ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoq orqali “Shumanay tuman yo‘llardan foydalanish” DM (Buyurmachi) tomonidan boshlang‘ich narxi 343,8 mln. so‘mlik yuk tashish xizmati bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari bo‘lishi mumkinligi” bo‘yicha murojaat qoldirilgan. Jumladan, katta ehtimol bilan tanlov g‘olibi va zaxira g‘olibi bitta “IP” manzilidan hujjatlarni taqdim etganligi, ishtirokchilar tartibsiz (asossiz) baholanganligi hamda tanlov g‘olibi va zaxira g‘olibi aksariyat hujjatlarni bir…

NAVOIY VILOYATIDAGI KLASTERLAR TOMONIDAN MANIPULYASIYA HARAKATLARI SODIR ETILGANLIGI ANIQLANDI

Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borilishi belgilangan. Olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, “XUDOYSHUKUR BOBO KLASTER” MCHJ tomonidan 2024-yil mart-iyul oylarida paxta hosilidan olingan texnik chigit mahsulotining savdoga qo‘yish jadvallariga muvofiq birja…

INSOFSIZ RAQOBAT HOLATLARI YUZASIDAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning avgust oyida Mars, Incorporated kompaniyasi (AQSH) murojaati asosida o‘rganish o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganish davomida viloyatda faoliyat yurituvchi 2 ta korxona “AGRO BRAVO” MCHJ va “SAM KOMILJON FAYZ” MCHJlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan muzqaymoq mahsulotlarida Mars, Incorporated kompaniyasiga tegishli bo‘lgan va avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan “MARS”, “SNICKERS”, “DOVE” tovar…