O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHHT sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va «SHHT plyus» formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 3-4-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Sammit kun tartibidan SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan. Xalqaro…

2 iyul – Davlat gerbi qabul qilingan kun

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan. Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Barcha yurtdoshlarimizni ushbu muhim sana bilan…