Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, reklamaning aylanishi sohasidagi qonunbuzilish holatlarini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi hisoblandi. Qo‘mita tomonidan o‘tgan 2024-yilda bu borada tizimli o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.
Xorazm viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan jami 3587 ta tashqi reklama vositalari o‘rganib chiqilganda, ulardan 1899 tasi noto‘g‘ri joylashtirilgan, davlat tilida berilmagan hamda imloviy xatolar bilan yozilgani ma’lum bo‘ldi va reklamalardagi kamchiliklar joyida bartaraf etildi.
Jumladan, 5 ta tashkilotga nisbatan ya’ni “HVARA”, “URGANCH MAFTUN AVIA TREVEL” X/K “XORAZM YeLITE TOUR”, “MUSTAFA LYUKS TRAVEL” va “FLY KHIVA TRAVEL GROUP” MChJlarga reklama qonunchiligi talablarini buzganlik holatlari bo‘yicha ishlar qo‘zg‘atilib, tadbirkorlik subyektlariga ularni bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Qashqadaryo viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan jami 4 028 ta tashqi reklama va tashqi targ‘ibot vositalari o‘rganib chiqildi.O‘rganishlarda 13 ta korxona («HAMKORLIK – YeLEGANT»,»TERMINAL LOGISTIC», «GLOBAL INNOVATION TRADE», «OQS’HOM PLAZA HOTEL», «KOSON AGRO TRADING» va «MITTI FARM MED SERVIS» MChJlar, «HUMO SAVDO SERVIS» XK, YaTT AVLOQULOV SARVAR SULTONOVICH, «ERKIN S’HAYQULOV» OK, YATT BULAKOV MARUF SIDDIKOVICH, YATT XAITOV RAVS’HAN MUMINOVICH, «ADA-YeLECTRONICS» XK hamda «LAZZAT» XK) tomonidan reklama qonunchiligi talablari buzilgani ma’lum bo‘ldi.
Boshqarma maxsus komissiyasi mazkur tashkilotlarga ish qo‘zg‘atib, 9 ta holatda qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar bergan.
Toshkent shahar misolida
Hududiy boshqarma tomonidan jami 3450 ta tashqi reklama va tashqi targ‘ibot vositalari o‘rganildi. Natijada 1489 ta kamchiliklar aniqlanib, 295 ta rasmiy ogohlantirish xatlari berilgan va qolgan 520 ta qonunbuzilish holatlar profilaktik huquqiy tushuntirish hamda tavsiyalar orqali bartaraf etilgan.
Jumladan, qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan 15 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt “RAHMAT TRAVEL GROUP” MChJ, “COMFORT TRAVEL AND ZIYARAH” MChJ, “CAMEL TRAVEL”, “PAKSTAMPA”, “VERY NICE RETAIL”, “RITS UNIQUE INC”, “BUYUK YECO SAVDO”, “LEGION CO”, “ENERGOMAX”, “INTER FOOD PLUS”, “HAMKOR REKLAMA SERVIS” va “AGATA TUR” MChJlar hamda YATT “ALLAXVERDIYEV MAMADRIZA YAKUBOVICH”, “FARRUX-ABUBAKR BIZNES” XK va “KAMILOV AZIZBEK IXTIYOR o‘g‘li»ga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Andijon viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan “Umra” tadbiriga oid turizm xizmatlarini reklama qilinishi qonuniyligi yuzasidan o‘rganish va tahlillar o‘tkazildi. Natijada 11 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar “IHLOS TRAVEL 1”, “SALAAM”, “SAPFIR BUSTONI”,»ELDE ELEKTRONIK”, “Bog’ishamol Gavhari”, “Andijon tibbiy diagnostika”,»Real intelect Effect”, “Zamon silver”,»ZAYTUN TRAVEL”, “SULTON TRAVEL” va “AR RIZO” MChJlar qonun talablariga zid bo‘lgan holatda reklama berganligi aniqlangan. Boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, 3 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizalari kiritilgan, bugungi kunda sud ishlari davom etmoqda.