Joriy yilning 11-12-fevral kunlari Qo‘mita huzuridagi Tadqiqotlar markazi tomonidan “Mikro moliya tashkilot xodimlari uchun” navbatdagi o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv kurslarida: Respublikadagi 30 dan ortiq mikro moliya tashkilot xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur o‘quv kurslarda O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”, «Reklama to‘g‘risida», «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunlarining mazmun-mohiyatlari, shuningdek ustun mavqe, monopoliya, insofsiz raqobat xolatini aniqlash, reklama va tabiiy monopoliyaga qo‘yiladigan asosiy talablar xamda raqamli platformalarga nisbatan monopoliyaga qarshi talablar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
O‘quv seminar so‘ngida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.