Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2024-yil davomida Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan benzin mahsulotlari sifati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida 7 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar:
🔘“KO‘HINUR” MChJ
🔘“IMRON REVER GROUP» MChJ
🔘“BRAND YANGI MAKON” MChJ
🔘“G‘ULOM BOTIR OIL SERVIS” XK
🔘“OQTOSH YAGONA SANOAT” MChJ
🔘“FAYZ SAXOVAD GAZ OIL” MChJ
🔘“SOF OIL” MChJlar tomonidan iste’molchilarga sifatsiz mahsulot sotganligi natijasida 103 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olganlik holatlari aniqlangan.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi AYOQShlarga nisbatan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ishlar qo‘zg‘atilib, asossiz olingan daromadni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonun buzilishini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.