Navoiy viloyatida faoliyat olib boruvchi “Issiqlik manbai” DUKga nisbatan “NAVOIY ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” AJ tomonidan issiqlik energiyasini belgilangan narxidan oshirib sotishi natijasida 4,5 mlrd so‘m ortiqcha mablag‘ olinganligi holati aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatilariga muvofiq, Navoiy viloyati hududiy boshqarmacining Maxsus komissiyasi tomonidan “NAVOIY ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” AJga nisbatan qonun buzilish davrida amalda bo‘lgan tegishli normativ huquqiy hujjatlarga asosan ish qo‘zg‘atilib, ortiqcha olingan 4,5 mlrd so‘m mablag‘ni qaytarish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, “NAVOIY ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” AJga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchiligi talablarini buzilganligi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan Maxsus komissiya qaror va ko‘rsatma ijrosi o‘z vaqtida ta’minlamaganligi yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan iqtisodiy sudga da’vo arizasi kirititilib, sudining hal qiluv qarori bilan da’vo talabi qanoatlantirildi.
Natijada asossiz olingan 4,5 mlrd so‘mlik pul mablag‘lari “Issiqlik manbai” DUKga qaytarilishi ta’minlandi.