Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, reklamaning aylanishi sohasidagi qonunbuzilish holatlarini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi hisoblandi. Qo‘mita tomonidan o‘tgan 2024-yilda bu borada tizimli o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.
Navoiy viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan jami 1 147 ta turli o‘lcham va ko‘rinishdagi reklama vositalari qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.
Xususan, 10 ta korxonaning – “NAVBAHOR CHICKEN FOOD”, “CHASHMI-NUR NAVOIY”, “NAVOIY PROFESSIONAL PLYUS”, “BIZNES FUNDAMENT”, “NAVOIY COMFORT YELITE SERVICE”, “NAVOIY KOMFORT QURILISH SERVIS”, “NAVOIY-FERUZ-FAYZ”, “AZAMAT OIL PLUS” va “DINOR OIL” MChJlar hamda “NAVOIY GOLD CHICKEN” OK tomonidan reklamaga berilgan talablar buzilgan.
Boshqarma maxsus komissiyasi mazkur subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ularga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Toshkent viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan jami 1 014 ta turli o‘lcham va ko‘rinishdagi reklama vositalari o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganishlarda 905 ta turli o‘lcham va ko‘rinishdagi reklama vositalari qonun talablariga moslashtirildi.
Shuningdek, viloyatdagi 4 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga “ORANGE MEDIA”, “X FITNES”, “NORTROM TRADE”, “IZZA CITY PLAZA” MChJlarning reklama qonunchiligi talablarini buzganligi ma’lum bo‘ldi va belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Farg‘ona viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan “G POWER” MChJga tegishli bo‘lgan “GARANT” kredit do‘koni, “DRINK FER”MChJga tegishli bo‘lgan “THE KITCHEN” restorani, Marg‘ilon shahrida joylashgan “MARG‘ILON ISHONCH” OKga qarashli bo‘lgan “Ishonch” gilam yuvish korxonasi hamda Qo‘qon shahrida joylashgan “OBRU-777 SALTS” MChJlar tomonidan reklama qonunchiligi talablari buzilganligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, “G POWER” MChJ, “OBRU—777 SALTS” MChJ, “MARG‘ILON ISHONCH” OKga nisbatan qonun talablari buzilganligi holatlari yuzasidan “DRINK FER” MChJga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.