Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Tadqiqotlar markazi Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda “Milliy va xalqaro tajribaga asoslangan holda ustun muzokara kuchini aniqlash va uni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq muammolar» mavzusida navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarda: 50 dan ortiq xodimlar ishtirok etdi.
Mazkur o‘quv seminarda «Ustun muzokara kuchi» milliy qonunchiligimizda yangi hisoblanishi va uning mazmun-mohiyatini tushunishda hamda amaliyotda qo‘llanilishida nazariy bilimlarning o‘rni muhimligi ta’kidlandi va ustun muzokara kuchiga qo‘yiladigan asosiy talablar haqida batafsil tushunchalar berildi.
O‘quv seminar so‘ngida xodimlar tomonidan amaliyotda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonida atroflicha javoblar berildi.